O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan dunyoning turli shaharlarida yashayotgan bir qator o‘zbekistonliklarning Vatan bayrog‘i bilan tushgan suratlari hamda ularning tilaklarini jamladi.
Shahrixon tumanida avtomashinadagi yuklar ustini to‘sish uchun davlat bayrog‘idan foydalangan haydovchi 1 mln so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.
O‘zbekistonning davlat bayrog‘idan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat bilan bayroqdan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan va hurmatsizlik deb baholanuvchi holatlar aniq belgilandi.
Davlat bayrog‘idan foydalanishni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev saylovoldi nutqida shunday taklif bilan chiqqandi. Bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
Deputat Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirib, 2 yil avval Farg‘onadagi shunga o‘xshash holatni yodga oldi. O‘shanda Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlari 1 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi aytilgan. «Narxini eshitib, hokim haydavorgandi», — dedi u.
Qashqadaryo viloyatida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting